«erkinjon turdimov» tegli maqolalar


“Bolangga divan-krovat olib ber, polda uxlamasin” — Samarqand viloyati hokimi (video)
19 fevral 2024, 21:47

“Bolangga divan-krovat olib ber, polda uxlamasin” — Samarqand viloyati hokimi (video)

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ota-onalar bilan yig‘ilishda ko‘pchilik “hamma yaxshi narsalar mehmonga” tamoyili bo‘yicha yashab, “yerda uxlab yotgan” farzandlarini unutib qo‘yishini aytdi. Ota-onalarning dunyoqarashini o‘zgartirib, bola tarbiyasiga e’tibor qaratish lozim, dedi u.

Test: Bu gapni kim aytgan?
31 dekabr 2023, 12:16 1

Test: Bu gapni kim aytgan?

“Ko‘p go‘sht yeyapmiz”, “kuniga 5600 so‘m topgan odam qashshoq emas”, “2,5 mln so‘m besh kishilik oilani boqishga bemalol yetadi” — bunday shedevrlar tarixda qoldi. Hozir amaldorlar o‘ta ehtiyotkor. Shunga qaramay, 2023-yil ham bir qator iqtiboslar bilan tarixda qoladi. “Gazeta.uz” ular asosida test tayyorladi.

“Insonlarning sog‘lig‘i biznesga aylanib ketdi”. Erkinjon Turdimov bemorga ortiqcha dorilar yozish holatlari haqida gapirdi
4 dekabr 2023, 12:56

“Insonlarning sog‘lig‘i biznesga aylanib ketdi”. Erkinjon Turdimov bemorga ortiqcha dorilar yozish holatlari haqida gapirdi

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov moddiy manfaat evaziga bemorlarga kerak bo‘lmagan dori yozish holatlarini tanqid qildi. U viloyat sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish va standartni chetlab o‘tib retsept yozib bergan xodimlarni ishdan olish haqida ko‘rsatma berdi.

“Hatto bolalar ovqatlarining ham muddati o‘tgan”. Erkinjon Turdimov — do‘konlardagi muddati o‘tgan mahsulotlar haqida
24 noyabr 2023, 16:41

“Hatto bolalar ovqatlarining ham muddati o‘tgan”. Erkinjon Turdimov — do‘konlardagi muddati o‘tgan mahsulotlar haqida

Samarqand viloyati hokimi do‘konlarida yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlar sotilayotgani yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Ishchi guruh tomonidan 4 kun davomida 41 ta savdo shoxobchasi tekshirilib, 1736 dona yaroqsiz tovar aniqlangan.

“Qishda svet o‘chganda hech kim Turdimov demaydi, Mirziyoyev qayoqqa qarayapti, deydi” — prezident
24 avgust 2023, 22:24

“Qishda svet o‘chganda hech kim Turdimov demaydi, Mirziyoyev qayoqqa qarayapti, deydi” — prezident

Prezident Samarqand viloyatida elektr taqchilligi 2022-yildagidan ko‘proq bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi. U viloyat hokimi va uning o‘rinbosari, shuningdek, energetika vazirining birinchi o‘rinbosarini tanqid qildi. “Qishda svet o‘chganda hech kim Turdimov demaydi, Mirziyoyev qayoqqa qarayapti, deydi”, — dedi u.

Erkinjon Turdimovga Sog‘liqni saqlash a’lochisi ko‘krak nishoni topshirildi
12 noyabr 2022, 10:55

Erkinjon Turdimovga Sog‘liqni saqlash a’lochisi ko‘krak nishoni topshirildi

Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovni «O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.

Foto: Prezident Imom Buxoriy va Islom Karimov qabrini ziyorat qildi
10 fevral 2022, 15:52

Foto: Prezident Imom Buxoriy va Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Samarqandga tashrifi chog‘ida Shavkat Mirziyoyev an’anaga ko‘ra, Imom Buxoriy va Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Unga muftiy Nuriddin Xoliqnazarov hamda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov hamrohlik qildi. Qolaversa, davlat rahbari Imom Buxoriy majmuasi qurilishi bilan ham tanishdi. Bu yerda qariyb 10 ming kishilik masjid, 4ta minora, ayvonlar, yerostida galereyasi barpo etilmoqda.

“Hokim buva, meni xijolat qilyapsiz”. Samarqand viloyati hokimi ishtixonlik fuqaroga yordam berdi
13 sentabr 2021, 10:12

“Hokim buva, meni xijolat qilyapsiz”. Samarqand viloyati hokimi ishtixonlik fuqaroga yordam berdi

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Ishtixon tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda fuqaro Oybek Madatovning murojaatini eshitdi. Hokim unga nogironlik aravachasi va sigir berdi, shuningdek, poyabzal ustaxonasi qurib berishga va uyini ta’mirlash bo‘yicha topshiriq berdi. Viloyat hokimi Oybek Madatovni uylantirish bo‘yicha ham ko‘rsatma berdi. Oradan 5 kun o‘tib bularning barchasi amalga oshdi.

Samarqandni bir millionli shahar qilib, uning tarkibida beshta tuman qilmoqchimiz — Erkinjon Turdimov
2 aprel 2021, 14:35

Samarqandni bir millionli shahar qilib, uning tarkibida beshta tuman qilmoqchimiz — Erkinjon Turdimov

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand 2021 yil oxiriga qadar aholisi bir milliondan oshadigan shaharga aylanishini ma’lum qildi. Hokim «millioner shahar"larning o‘z statusi borligini, buning ahamiyatiga ham to‘xtalib, O‘zbekistondan aholisi ikki barobar kam bo‘lgan Qozog‘istonda uchta «millionli» shahar borligini misol qilib keltirdi.

Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov sog‘ligini tiklash uchun qisqa muddatli ta’tilga chiqdi
12 yanvar 2021, 11:05 2

Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov sog‘ligini tiklash uchun qisqa muddatli ta’tilga chiqdi

Qon bosimi ko‘tarilganligi bois, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov o‘z sog‘ligini tiklash maqsadida qisqa muddatli davolanish ta’tiliga chiqdi.

Samarqand viloyati hokimi «Avtomashinasiz 10 kun» aksiyasini o‘tkazishni taklif qildi
9 noyabr 2020, 21:56

Samarqand viloyati hokimi «Avtomashinasiz 10 kun» aksiyasini o‘tkazishni taklif qildi

Samarqand viloyatida «Avtomashinasiz 10 kun» aksiyasini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov taklifiga binoan 11 noyabrdan 21 noyabrgacha hokimlardan tortib, byudjet tashkilotlari rahbar va xodimlari ishga piyoda borib keladi. Velosiped yoki jamoat transportidan ham foydalanish mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting